5 daqiqada o'z saytingizni mustaqil quring
Dasturlashni bilish shart emas! Odoo-da professional saytingizni o'zingiz quring.
Hozir boshlashBiz bilan bog'laning
Odoo Website 🌐 – Sizning raqamli dunyoga ilk qadamingiz!
Bu blokda biz saytning poydevorini quramiz. Accordion ichidagi har bir band foydalanuvchining savollariga javob berishi va uni hayratga solishi kerak.
Ha! Odoo-ning intellektual yordamchisi (AI) bilan bu juda oson. Biz Apps modulidan Website-ni yuklaymiz va tizim bergan 4 ta qadam bo'yicha davom etamiz: siz nima xohlayotganinizni tanlab olasiz, agar website xohlasangiz qanday biznes uchun kerakligini tanlaysiz, va bu website dan qanday maqsadda foydalanmoqchisiz tanlashingiz kerak, Logoyingizni kiritasiz, hamda Odoo-ning intellektual yordamchisi (AI) sizga Mos rang palitralarini tanlab beradi, xohlasangiz ranglarni ham o’zingiz tanlasangiz bo’ladi, kerakli sahifalarni belgilaysiz, hamda dizayn tanlaysiz. Natijada sizda tayyor karkas, mos ranglar va professional rasmlarga ega sayt paydo bo'ladi.
"Edit" rejimi orqali siz saytni xuddi Lego konstruktoridek yig'asiz. Tayyor bloklarni (Blocks) sudrab o'tkazing, ranglarni (Theme) o'zgartiring va o'z brendingizga moslang. Bir qator kod yozmasdan professional natijaga erishasiz!
Odoo-da yaratilgan har bir sayt avtomatik ravishda mobil qurilmalarga moslashadi. Siz "Device Toggle" tugmasi orqali saytning telefon yoki planshetdagi ko'rinishini darhol tekshirishingiz va faqat mobil versiya uchun maxsus o'zgarishlar kiritishingiz mumkin.
Saytga "jon" kiriting🎨
Saytning karkasi tayyor, endi uni professional ko'rinishga keltiramiz. Buning uchun ekranning o'ng yuqori burchagidagi "Edit" tugmasini bosing. O'ng tomonda sizning asosiy ish qurollaringiz paydo bo'ladi.
Sayt qurish uchun kod yozish shart emas! O‘ng tomondagi Blocks bo‘limidan o‘zingizga yoqqan elementni — xoh u chiroyli banner bo‘lsin, xoh xizmatlar ro‘yxati — shunchaki sichqoncha bilan ushlab, saytga "tashlang".
Biror blokni tanlasangiz, Customize paneli ochiladi. Bu yerda fon rangini o‘zgartira olasiz, orqaga video qo‘ya olasiz yoki rasmlarni millimetrigacha surishingiz mumkin. Saytingizdagi har bir piksel aynan siz xohlagandek turadi.
Butun sayt bir xil uslubda bo‘lishini xohlasangiz Theme bo‘limiga o‘ting. Bu yerda barcha tugmalar rangini brendingizga moslay olasiz, o'zingizga yoqadigan zamonaviy shriftlarni tanlay olasiz. Birgina ustiga bosish orqali saytingiz butunlay yangicha qiyofaga kiradi!
Saytingiz zerikarli bo‘lib qolmasligi uchun Animation orqali matn va rasmlarga harakat bering. Ular yon tomondan suzib kelsin yoki asta-sekin paydo bo‘lsin. Bu mijozlaringizda "Vah, bu sayt juda zamonaviy ekan!" degan taassurot qoldiradi.
Mobil versiya va Natijalar 📈
Saytingiz chiroyli bo‘ldi, endi uni haqiqiy biznes quroliga aylantiramiz. Bu bo‘limda biz saytni telefonda tekshiramiz va mijozlar nima qilayotganini kuzatishni o‘rganamiz.
Mijozlaringizning 80% dan ortig‘i saytingizga telefondan kiradi. Shuning uchun ekran yuqorisidagi mobil belgisi "Device Toggle"ni bosing va hamma narsa chiroyli turganiga ishonch hosil qiling. Agar birorta rasm telefonda juda katta ko‘rinsa, uni faqat mobil versiya uchun kichraytirib qo‘yishingiz mumkin. Odoo juda aqlli tizim!
Bu kichik, lekin eng muhim qoida: tahrirlashni tugatganingizdan so‘ng, albatta yuqoridagi "Save" (Saqlash) tugmasini bosing. Aks holda, kiritgan o‘zgarishlaringiz saqlanmay qolishi mumkin. O‘z mehnatingizni qadrlang!
Saytingiz shunchaki rasm emas, u ishchi vosita. Analytics bo‘limiga o‘tib, real vaqtda qancha odam kirganini, qaysi mahsulotingiz eng ko‘p ko‘rilganini va qancha savdo bo‘lganini ko‘rasiz. Bu ma’lumotlar biznesingizni qayerga yo‘naltirishni ko‘rsatib beradi.
Hamma narsa tayyormi? Unda saytingizni "Publish" (Nashr qilish) qiling. Tabriklaymiz, siz kodsiz, noldan professional sayt yaratishni o‘rgandingiz!