Skip to Content

Savdo — bu omad emas, bu tizim! Odoo CRM Master-klassi

April 13, 2026 by
Savdo — bu omad emas, bu tizim! Odoo CRM Master-klassi
Todoo, Risolat Jo'raboyeva
| No comments yet

Savdo — bu omad emas, bu tizim! Odoo CRM Master-klassi

0 dan "Bitim yakunlandi"gacha

Odoo bilan hammasi oson



Lid generatsiyasi

Lidlar qayerdan keladi?

Jarayon savdo imkoniyatlarini (lidlarni) yig'ishdan boshlanadi. Tizim sizning saytingiz, elektron pochta yoki boshqa manbalardan kelgan so'rovlarni avtomatik ravishda ushlab oladi va "Lidlar" (Leads) ro'yxatiga kiritadi.

Lid generatsiyasi

Menyudan CRM moduliga kiring. Leads menyusini bosing. Create a Lead (Lid yaratish) tugmasini bosing yoki so'rov kelishini kuting.

Foyda: Hech bir potentsial mijoz e'tiborsiz qolmaydi, barcha ma'lumotlar bitta tizimda jamlanadi.

Liddan Bitimga (Qualification & Opportunity)

Bu bosqichda tizim liddan aniq savdo imkoniyatini — 'Opportunity'ni yaratishini tushuntiramiz.

Lidlar shunchaki so'rovlardir. Ularni malakali (qualified) qilish, ya'ni haqiqatan ham sotib olish ehtimoli bor-yo'qligini aniqlash kerak.

  • Lid kartochkasini oching.
  • Mizjoz bilan bog'lanib, ehtiyojlarini aniqlang.
  • Agar mijoz qiziqish bildirsa, kartochkadagi Convert to Opportunity (Imkoniyatga aylantirish) tugmasini bosing.

Foyda: Savdo jamoasi faqat vaqt sarflashga arziydigan, real mijozlar bilan ishlaydi.

Kanban doskasi (Pipeline Management)

Barcha malakali bitimlar vizual Kanban doskasida (Pipeline) ko'rinadi. Bu bosqichlar bitimning hozirgi holatini ko'rsatadi (masalan: Yangi, Malakali, Taklif, Shartnoma).

  • My Pipeline menyusiga kiring.

  • Bitimni keyingi bosqichga o'tkazish uchun kartochkani sichqoncha bilan kerakli ustunga sudrab o'tkazing (Drag & Drop).

Foyda: Savdo jarayonining to'liq ko'rinishi, qaysi bosqichda to'xtab qolganingizni darhol aniqlash.i.

Tizimni sozlash (Configuration)

Saytingiz chiroyli bo‘ldi, endi uni haqiqiy biznes quroliga aylantiramiz. Bu bo‘limda biz saytni telefonda tekshiramiz va mijozlar nima qilayotganini kuzatishni o‘rganamiz.

Settings

CRM modulining "miyasi". Bu yerda tizimning asosiy funksiyalarini yoqish yoki o'chirish mumkin.

Bu bo'limda lidlarni boyitish, savdoni prognoz qilish va takroriy lidlarni boshqarish funksiyalari faollashtiriladi.

Foyda: Tizimni o'z biznesingiz miqyosiga qarab moslashtirish imkonini beradi.

Sales Teams (Savdo jamoalari)

Kompaniyangizdagi turli savdo bo'limlarini tashkil qilish (masalan: "Eksport bo'limi", "Mahalliy savdo", "Online sotuv").

Har bir jamoaga alohida sardor (Leader) va maqsadli daromad belgilash mumkin.

Foyda: Jamoalar o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantiradi va natijalarni bo'limlar kesimida tahlil qilishga yordam beradi.

Team Members (Jamoa a'zolari)

Har bir savdo jamoasiga biriktirilgan xodimlar ro'yxati.

Bu yerda xodimlarning savdo limitlari va ularga lidlar avtomatik taqsimlanish tartibini ko'rish va o'zgartirish mumkin.

Foyda: Rahbar sifatida kim qaysi jamoada ishlayotganini va qancha yuklamaga ega ekanligini aniq ko'rib turasiz.

Activity Types (Faoliyat turlari)

Mijoz bilan qilinadigan harakatlar ro'yxati (Call, Email, Meeting, Todo).

Siz o'z biznesingizga xos yangi faoliyat turini yaratishingiz mumkin (masalan: "Taqdimot o'tkazish" yoki "Namunalar yuborish").

Foyda: Savdo menejerlari har bir mijoz bilan aynan nima ish qilish kerakligini aniq bilishadi.

Activity Plans (Faoliyat rejalari)

Ketma-ket keladigan harakatlar zanjiri.

Masalan, yangi lid kelsa:

  • 1-kun qo'ng'iroq
  • 2-kun email
  • 5-kun uchrashuv

tartibini avtomatlashtirilgan reja sifatida saqlab qo'yasiz.

Foyda: Menejer har safar nima qilishni o'ylab o'tirmaydi, tizim unga navbatdagi qadamni o'zi aytadi.

Stages (Bosqichlar)

Pipeline (Savdo voronkasi) ustunlari.

 "New", "Qualified", "Proposition", "Won" kabi bosqichlarni tahrirlash yoki yangi "To'lov kutilmoqda" kabi bosqichlarni qo'shish joyi.

Foyda: Savdo jarayoningizni vizual tarzda tartibga soladi.

Tags (Teglar)

Bitimlarni guruhlash uchun ishlatiladigan kichik yorliqlar.

Bitimlarga "VIP", "Xizmat ko'rsatish", "Dasturiy ta'minot" kabi teglar bering.

Foyda: Keyinchalik filtrlar orqali kerakli yo'nalishdagi bitimlarni soniyalar ichida topib olasiz.

Mijoz nega sotib olmaganini tushuntiruvchi ro'yxat.

"Narx qimmat", "Raqib tanlandi", "Mijoz aloqaga chiqmadi" kabi sabablarni kiriting.

Foyda: Eng ko'p qaysi sabab bilan mijoz boy berilayotganini tahlil qilib, biznes-strategiyani o'zgartirishga yordam beradi.

Lead Mining Requests (Lid qidirish so'rovlari)

Odoo-ning sun'iy intellekt orqali yangi mijozlarni avtomatik qidirib topish tizimi.

Siz sohaga, davlatga va kompaniya o'lchamiga qarab filtr qo'yasiz, Odoo esa sizga potentsial mijozlar bazasini generatsiya qilib beradi.

Foyda: Savdo bo'limini tayyor lidlar oqimi bilan ta'minlaydi.

Agar qayerdadir tushunmovchilik bo‘lsa yoki "qanday qilinadi?" degan savol qolgan bo‘lsa, ushbu video darslik sizga eng oson yo‘lni ko‘rsatib beradi.

Savdo — bu omad emas, bu tizim! Odoo CRM Master-klassi
Todoo, Risolat Jo'raboyeva April 13, 2026
Share this post
Tags
Archive
Sign in to leave a comment
Kontent marketingingiz uchun eng aqlli yordamchi